Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Xitoyning “Ipak yo‘li” fondi ijrochi vitse-prezidenti Si Sinbo boshchiligidagi delegatsiya 24-iyul kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

2014-yil dekabr oyida Xitoyda tashkil etilgan mazkur investitsion fond Buyuk ipak yo‘li atrofida joylashgan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida yirik loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.

Joriy yil 6-iyun kuni Pekinda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “Ipak yo‘li” fondi o‘rtasida Samarkand city-1 sayyohlik zonasini qurish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Samarqand shahri va Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi” doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Samarqand shahrining mashhur tarixiy va madaniy markaz sifatidagi turistik salohiyatini oshirish va “XXI asr Ipak yo‘li durdonasi” yaratilishini o‘z ichiga oladi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov mehmonlarni tashrif bilan qutlab, viloyat iqtisodiyoti, turistik salohiyati haqida so‘zlab berdi. Samarqandning Xitoy provinsiyalari va shaharlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Samarkand City-1 turistik zonasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik ham ikki tomon uchun har jihatdan manfaatli bo‘lishi qayd etildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Xitoylik mehmonlar turistik zona qurilishi rejalashtirilgan hudud va taklif etilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, Samarqandning tarixiy-madaniy yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi