Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buyuk Britaniyaning Ossett shahrida yashovchi Arron Uolshou Lotto Millionaire Raffle lotereyasida noma’lum ayolning unga joy bo‘shatib bergani tufayli yutuqli chiptani sotib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Erkak kassa yopilishidan ikki daqiqa oldin boshqa xaridor ayol bilan u yerga yugurib kelgan. Uolshouning juda shoshilayotganini ko‘rgan noma’lum ayol uni o‘tkazib yuborgan va erkak chipta sotib olgan. Ertasi kuni erkak bir million funt sterling yutib olganini bilgan.

Yutib olingan pulni Uolshou o‘zining yaxshi ko‘rgan qizi bilan orzusidagi nikoh to‘yini o‘tkazishga sarflamoqchi. Shu bilan birga, u yutuqqa noma’lum ayolning xushmuomalaligi sababli erishganini tan olgan va uni topib, minnatdorchilik bildirishni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi