Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliyada yashovchi Joao Augusto 9-qavatdan tushib ketgan itni tutib qoldi. Bu haqda The Sun’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Shi-tsu zotli it 9-qavatning balkonida muvozanatni yo‘qotay deb turganida uni Augusto ko‘rib qolgan. Augusto darhol uy nazoratchisini chaqirgan va sochiq yoki choyshab olib kelishini so‘ragan, biroq u kechikkan edi.

It 9-qavatdan tushib ketgan, biroq Augusto uni tutib olishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada it hech qanday jabr ko‘rmagan va shu zahoti yugurib ketgan.

“O‘ylaymanki, men kerakli payt kerakli joyda hozir bo‘ldim”, — deydi Augusto.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi