Braziliyada yashovchi Joao Augusto 9-qavatdan tushib ketgan itni tutib qoldi. Bu haqda The Sun’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Shi-tsu zotli it 9-qavatning balkonida muvozanatni yo‘qotay deb turganida uni Augusto ko‘rib qolgan. Augusto darhol uy nazoratchisini chaqirgan va sochiq yoki choyshab olib kelishini so‘ragan, biroq u kechikkan edi.
It 9-qavatdan tushib ketgan, biroq Augusto uni tutib olishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada it hech qanday jabr ko‘rmagan va shu zahoti yugurib ketgan.
“O‘ylaymanki, men kerakli payt kerakli joyda hozir bo‘ldim”, — deydi Augusto.
Izoh (0)