Toshkent shahar IIBB aralash kurashning og‘ir vaznli jangchisi Murod Xonto‘rayev qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Foto: UzNews

Murod Xonto‘rayev hamda yana bir qator shaxslar 21-iyunga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganlik, tartibsizlik qilgani uchun ushlangan.

Hozirda Murod Xonto‘rayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.