Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda “Davgeodezkadastr” qo‘mitasi (O‘zbekiston), Geo-Alyans kompaniyasi (Rossiya) hamda Digital Globe kompaniyasi ishtirokida xalqaro seminar o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Davgeodezkadastr” matbuot xizmati

Foto: “Davgeodezkadastr” matbuot xizmati

13—14-iyun kunlari Rossiyaning Geo-alyans kompaniyasi, AQShning Digital Globe kompaniyasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamkorligida “Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini qo‘llash va ularni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda vazirlik va idora mutaxassislari hamda “Davgeodezkadastr” qo‘mitasi mutaxassislari qatnashdi. Seminardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini qo‘llash va ularni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishni yangi bosqichga olib chiqishdir. Seminarni “Davgeodezkadastr” qo‘mitasi rais o‘rinbosari Ro‘zmetov Maqsud ochib berdi va bu sohadagi ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish qo‘mita mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri ekanligini aytib o‘tdi.

Foto: “Davgeodezkadastr” matbuot xizmati

Foto: “Davgeodezkadastr” matbuot xizmati

Seminarda xorijiy mutaxassislar Maksim Aleksandrov (Geo-Alyans), Polina Medvedeva (Geo-Alyans), Ilya Yudin (Digital Globe) o‘zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etishdi va seminar davomida Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini qo‘llash mavzusida master-klasslar o‘tkazishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi