Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh budjet-nazorat bosh boshqarmasi beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotini yaratish bo‘yicha loyihada 966 ta “yorqin kamchilik” borligi haqida xabar berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Loyiha bajarilishi bo‘yicha idoraning yillik hisobotida ta’kidlanishicha, yanvar oyida qayd etilgan 966 ta kamchilikdan 110 tasi birinchi toifaga taalluqli, ya’ni ular havo kemasining ekspluatatsiyasi davomida ishonchlilik, xavfsizlik va boshqa talablarga putur yetkazishi mumkin.

Loyiha mualliflari F-35 ning seriyali tartibda ishlab chiqarilishi bo‘yicha 2019-yilning oktabr oyida qaror qabul qilishi kerak. Shu munosabat bilan nazorat idorasi harbiylarga qiruvchining seriyali ishlab chiqarilishi boshlanguniga qadar kamchiliklarni bartaraf etishni tavsiya qilgan.

AQSh F-35 ning texnologik jihatdan eng oddiy va arzon talqini bo‘lgan F-35A ning birinchi partiyasini Yaponiyaga yetkazib bergan. Turkiya AQShdan beshinchi avlod F-35 ning birinchisini joriy yilning 21-iyunida qabul qilib olishni ko‘zlamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan
Dunyo
Ukrainadagi urush: taktik yadro quroli nima va u Rossiya tomonidan qo‘llanilishi mumkinmi?