Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.

Umumta’lim muassasalarining 1-sinfiga 6—7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boradi.

Bolalarni umumta’lim muassasasining 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:

  • ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;
  • ota-onalarning fuqarolik pasporti nusxasi;
  • bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
  • bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
  • bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.
Bolalar umumta’lim muassasasining 1-sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, tanlovsiz qabul qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)