Rossiyaning Yaroslavl shahridagi Sobinov ko‘chasiga “yo‘qolgan hamyon”ga atab yodgorlik o‘rnatildi, deb xabar beradi TJournal.
Bu hamyon ko‘rinishida ishlangan bir parcha temir bo‘lagi bo‘lib, u bir metr keladigan metall qoziq bilan betonga qotirib qo‘yilgan.
Temir hamyonni tarixchi Yan Levin yasagan. Uning aytishicha, mazkur konstruksiyani joyidan qimirlatishning ijoli yo‘q. Yodgorlik qarama-qarshisiga odamlarning hamyonga duch kelganidagi xatti-harakatini kuzatish uchun kamera o‘rnatilgan.
Izoh (0)