Keniyadagi Nayrobi milliy bog‘iga tashrif buyuruvchilar bir nechta sherning olishuvini videoga oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qayd etilishicha, Cheru va Sem laqabli yirtqichlar o‘z hududini “chaqirilmagan mehmonlar”dan himoya qilgan.
Videoda to‘daning bir nechta vakillari va Cheru olishuvga kirishgani, biroz vaqtdan so‘ng esa boshqa yirtqichlar ham ularga qo‘shilganini ko‘rish mumkin.
You Tube foydalanuvchilari Cheru va Semning o‘z uyini himoya qilishga qaratilgan harakatlarini yuqori baholagan.
Izoh (0)