Aruba Airlines aviakompaniyasi jahondagi eng qisqa xalqaro aviareysni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Eng qisqa reys bo‘yicha parvozlar Gollandiyaning dengizorti hududi hisoblangan Aruba orolidan Venesuelaning Punto Fijo shahriga amalga oshiriladi — parvoz atigi sakkiz daqiqa davom etadi.
Ushbu yo‘nalish bo‘ylab reyslarni hozircha haftasiga ikki marta amalga oshirish rejalashtirilgan. Chipta narxi 200 dollardan boshlanadi.
Bungacha Germaniyadan Shveysariyaga parvoz qiluvchi sakkiz daqiqalik qatnov jahonda eng qisqa reys hisoblanardi, biroq keyinchalik bu reys talabgir bo‘lmagani bois bekor qilingan edi.
Izoh (0)