Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shvetsiyaning Stokgolm universiteti olimlari tomonidan aniqlanishicha, dam olish kunlaridagi davomli uyqu nafaqat ish kunlaridagi uyqu yetishmasligini to‘ldiradi, balki vaqtli o‘lim xavfini ham kamaytiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Tadqiqotda 38 ming kishi ishtirok etgan. Ularning barchasi ish va dam olish kunlarida uyquning uzoqligi haqida ma’lum qilgan.

Ko‘ngillilarni kuzatish ishlari 13 yil davom etgan. Olimlar sutkada besh, olti va yetti soatdan kam uxlaydigan kishilar orasida o‘lim darajasini aniqlashga uringan.

Shuningdek, tana vazni indeksi, alkogol iste’moli va chekish, jismoniy faollik kabi omillar ham hisobga olingan.

Yakunda uyqu yetishmasligidan aziyat chekuvchi 65 yoshgacha bo‘lgan kishilar orasida vaqtli o‘lim xavfi 65 foizga o‘sgani qayd etilgan. Bunda ular uyqu yetishmasligini dam olish kunlarida to‘ldirgan taqdirda, ularning ko‘rsatkichlari nazorat qilinayotgan guruhnikiga teng bo‘lishi aniqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi