Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasining yangi modifikatsiyasi – Block 5’ni fazoga uchirdi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Yangi modifikatsiyaning avvalgilardan farqi shundaki, unga kuchliroq dvigatellar o‘rnatilgan. Shuningdek, kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, raketa 10 ta parvozga mo‘ljallangan.
Block 5 modifikatsiyasi xususiy kosmik kemalarda astronavtlarni stansiyaga yuborish bo‘yicha NASA standartlariga mos keladi. Bunday parvozlarga sertifikat olish uchun SpaceX yana 7 ta muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirishi kerak.
Raketa Bangladeshga tegishli sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi. Sun’iy yo‘ldosh mintaqani aloqa, TV-signal va internet bilan ta’minlaydi.
Block 5’ning yangilanganidan keyin kompaniya injenerlari o‘ta og‘ir, ko‘p martalik parvozlarga moslashtirilgan BFR raketasini ishlab chiqishga kirishgan. BFR orbitaga 150 tonna yukni olib chiqishga qodir. Raketani Oy va Marsga uchirish rejalashtirilgan.
Izoh (0)