Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona shahrida besh qavatli Central festival savdo-ko‘ngilochar markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Markazda ayollar, erkaklar va bolalar kiyim-kechaklari, parfyumeriya mahsulotlari bilan savdo qiluvchi butiklar, attraksionlar va bolalar maydonchalari, 3D, 5D va 8D kinozallari, restoran, bar, bouling markazi, maxsus muz maydoni, turli bayram tantanalari hamda konsert dasturlari tashkil etishga mo‘ljallangan eng zamonaviy xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari o‘z faoliyatini boshladi. Sport ishqibozlari uchun trenajyor zali va fitness klubi mavjud.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Quvasoyta’mirqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan majmuada 200 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Yaqin vaqt ichida kafe-barlar, muzqaymoq va salqin ichimliklar savdosi, milliy qadriyat va an’analarimizni aks ettiruvchi turli ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirishni yo‘lga qo‘yish orqali yana 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

Markaz bir vaqtning o‘zida 2000 nafardan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi