Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning Parij shahrida yuz bergan tartibsizliklarga qarshi politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv zambaraklarini qo‘lladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

1-may kuni namoyishlar Parijdagi Bastiliya maydonida boshlangan. Politsiya tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1200 nafar yosh yigit va qiz qora kiyim va niqoblarda namoyishda ishtirok etgan. Harakat davomida ular restoran va kafelarning oynalarini sindira boshlagan, mashinani yoqib yuborgan.

Dastlab vaziyatga qarshilik ko‘rsatmagan politsiya voqealarga aralashishga majbur bo‘lgan va tartib buzarlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv zambaraklarini qo‘llagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank