Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nuriddinov Yo‘ldoshbek Ibrohim o‘g‘li 1995-yil 9-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanining Kenagas qishlog‘ida tavallud topgan. Bu haqda “Azon.uz” xabar berdi.

Foto: Azon.uz

Foto: Azon.uz

Dastlabki Qur’on ta’limini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida istiqomat qiluvchi Ne’matulloh qori Aminjon Eshondan olgan. 2001—2010 -yillarda umumta’lim maktabida, 2010—2014-yillarda Nukus shahridagi al-Beruniy o‘rta maxsus Islom bilim yurtida tahsil olgan. Ilk Qur’on xatmini 2004-yili Ramazon oyida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome’ masjidida ado etgan.

Yutuqlari:

— 2008-yili o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat turnirida viloyat bosqichida ishtirok etgan;

— 2008-yili Kamalak Bolalar Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Olg‘a sardorlar” bahsida viloyat bosqichida ishtirok etgan;

— 2011-yili XXI respublika Qur’on musobaqasi sovrindori;

— 2012-yili XXII respublika Qur’on musobaqasi sovrindori;

— 2013-yili Kuvayt davlatida bo‘lib o‘tgan 4-davra xalqaro Qur’on musobaqasida nufuzli ishtirok etib, eng peshqadamlar o‘ntaligidan joy olgan;

— 2016-yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan “Qur’on ziyofati” ko‘rik tanlovi g‘olibi;

— 2016-yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan ilk azon aytish musobaqasi g‘olibi;

— 2018-yili “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018”ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi.

2015-yildan hozirga qadar imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
Dunyo
Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi
Dunyo
Yevrokomissiya: Urushda 100 ming ukrainalik askar va 20 ming tinch aholi halok bo‘ldi (video)