Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i kasalxonaga joylashtirildi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetaning turmush o‘rtog‘i Edinburg gertsogi Filipp Londondagi kasalxonalardan biriga bo‘ksasini operatsiya qildirish uchun keldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Edinburg gertsogi Londondagi Qirol Eduard VII kasalxonasiga rejalashtirilgan operatsiya uchun kelgan. Operatsiya ertaga o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.
2017-yil may oyida Bukingem qasri matbuot xizmati Buyuk Britaniya qirolichasining 96 yoshli turmush o‘rtog‘i ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Yelizaveta II uning qarorini qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar