AQSh prezidenti Donald Tramp YouTube’ning shtab-kvartirasida ro‘y bergan otishmadan xabardor ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Hozirgina YouTube’ning Kaliforniya shtati San-Bruno shahridagi shtab-kvartirasida yuz bergan otishmadan xabar topdim. Ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlarga hamdardlik bildiramiz. Hodisaga birinchilardan bo‘lib munosabat bildirgan huquq-tartibot organlari xodimlariga minnatdorchilik bildiraman”, — deb yozdi AQSh prezidenti Twitter’dagi sahifasida.