Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter CBS telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Koreya bilan bo‘lajak muzokaralarda Amerikaning amaldagi yetakchisi Donald Trampga yordam berish istagida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Russia Today

Foto: Russia Today

“Men KXDR rasmiylari nima xohlayotgani va nimaga muhtoj ekanini anglab turibman. Hatto shu hafta ham Oq uy vakili oldimga kelib, KXDR bilan munosabatlarga doir so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etib ketdi”, — dedi Karter.

Uning qayd etishicha, o‘z siyosiy faoliyati davomida Shimoliy Koreya rahbariyati bilan 20 soatdan ko‘proq muloqot qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarlar 9-mart kuni paydo bo‘lgan edi. Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi tarixdagi ilk uchrashuv may oyi oxiriga qadar Stokgolmda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?