Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda kartalar hisobini naqd pul bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bankomatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda UzCard kompaniyasi Spot nashriga ma’lum qildi. Bu oxirgi vaqtlarda aholining mahsulotlar va xizmatlarga kartalar orqali haq to‘lash ehtiyojining oshayotganligi bilan bog‘liq.

Foto: Spot

Foto: Spot

Naqd pullarni qabul qilish funksiyasiga ega bo‘lgan bankomatlar (cash in) odamlar gavjum joylar: metro, bozorlar va savdo markazlariga o‘rnatiladi. Bankomatlar turiga qarab kupyuralarni ikki usul: dastalab yoki bir kupyuradan qabul qiladi.

Birinchi holatda mashina pul dastasini o‘zi hisoblaydi va ekranga umumiy summani chiqaradi. Ikkinchi holatda har bir kupyurani alohida qo‘yish lozim.

Hisobni to‘ldirish uchun bankomatga kartani joylab, naqd pullarni kiritish va ekrandagi menyudan kerakli funksiyani tanlash kifoya.

O‘zbekistonda aynan qanday bankomatlar o‘rnatilishi haqida UzCard kompaniyasi yaqin vaqt ichida ma’lum qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)