Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 18-mart yakshanba kuni Germaniyaning afsonaviy darvozaboni, Yevropa chempioni va Jahon chempionati kumush medali sovrindori Oliver Kanning akademiyasi ijrochi direktori Morits Mattes va menejeri Robert Niyemann O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda O‘FA

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassislar bugunning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida milliy chempionatda ishtirok etayotgan klublarda faoliyat olib borayotgan darvozabonlar murabbiylari uchun seminar o‘tkazishgan.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Seminar davomida Morits Mattes “Oliver Kan akademiyasi”ning ta’lim tizimi, murabbiylarni tayyorlash uslubi haqida yig‘ilganlarga batafsil tushuntirish berib o‘tgan. Shuningdek, darvozabonlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tdi, deyilada xabarda.

So‘ngra germaniyalik mutaxassislar bugun O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan o‘zaro hamkorlik qilish borasida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar uzoq muddatli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi, deyilada O‘FA xabarida.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi