O‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyada o‘tgan xalqaro turnir g‘olibasiga aylandi, deb yozdi “Olamsport”.
Ayollar bayrami arafasida Kuala-Lumpur First Friday Masters March—2018 turniriga mezbonlik qilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Malayziya, Myanma, Filippin, Hindiston, Vyetnam kabi mamlakat shaxmatchilari chempionlik uchun kurash olib bordi. Reglamentga ko‘ra, musobaqa 9 ta turdan iborat bo‘lib, unda shaxmat ustalari aylanma usulda kuch sinashib chiqishi kerak edi.
Gulruhbegim 9 ta imkoniyatning hech birida imkoniyatni boy bermadi. U 4 ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, yana 5 tasida durang qayd etdi. Natijada 6,5 ochko jamg‘arishga erishdi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlari raqobatchilarinikidan yaxshiroq bo‘lgani uchun, bosh mukofot aynan Tohirjonovaga nasib etdi.
Gulruhbegim Tohirjonova o‘zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo‘minovaning singlisidir.