AQShning Virjiniya shtatida yashovchi Brayan Tornxill bezorilik uchun jazo sifatida 10 yoshli o‘g‘lini maktabgacha yomg‘ir ostida yugurib borishga majbur qildi. Holat aks etgan videoga “RIA Novosti” e’tibor qaratdi.

Good Parenting

Great job Dad... (Bryan Thornhill)

Geplaatst door WarriorCode op zaterdag 3 maart 2018

Erkak videoni Facebook’da e’lon qildi. Unda ota og‘ir sumka bilan yomg‘ir ostida yugurib ketayotgan o‘g‘lining izidan mashinada bormoqda. Video to‘rt kun ichida 26 million martadan ko‘proq tomosha qilindi.

Otaning hikoya qilishicha, o‘g‘li maktab avtobusida bezorilik qilgani sababli uch kun davomida undan foydalanishi taqiqlangan. Ota bunga chiday olmagan, shuning uchun o‘g‘lini maktabgacha yugurib borishga majbur qilgan.

Tornxillning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha bo‘lgan masofa 1,6 kilometrni tashkil qiladi. U jismoniy yuklamaning foydasi haqida eslatgan holda, bunday jazolash usulini “ijodiy” deb atagan va bolalarni mas’uliyatga o‘rgatish uchun ularni jazolashdan avval “ijodkor bo‘lish”ga chaqirgan.

Erkakning aytishicha, o‘g‘li shu tarzda bir hafta yuguradi. O‘qituvchilar esa buning natijasida bolaning axloqi yaxshilanganini bildirgan.

Videoga minglab izohlar bildirilgan. Kimdir Tornxillni yomonlagan bo‘lsa, boshqa birov uning xatti-harakatini qo‘llab-quvvatlagan.