Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va mazkur institutning Nukus hamda Farg‘ona mintaqaviy filiali tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan, Orol mintaqasini daraxtzorga aylantirish tashabbusiga qo‘qonlik saxovatli, qo‘li ochiq insonlar ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Yaqinda bir guruh ana shunday tanti insonlarning tashabbusi bilan 15 million so‘mlik mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari Qo‘qondan Nukusga jo‘natildi. Nukusda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali mutasaddilari 3 gektar yerni ekishga tayyorlab qo‘ygan.

— Biz Mo‘ynoqqa ham borib, turli mevali va manzarali ko‘chatlarni ekib, tajriba o‘tkazmoqchimiz. U yerga tashrif buyurayotgan ichki va tashqi turistlar ekilgan ko‘chatlarga suv quyib, so‘ng sayohatni davom ettiradi.

Aslida saxovatpesha insonlarning beminnat xizmatlarini inobatga olgan holda homiy tadbirkorlar uchun maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi”, — deydi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rashid Shukurov.

Avvalroq O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev tashabbusi bilan Orol mintaqasida daraxtzorlar barpo etish loyihasi ishlab chiqilgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi