Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Pxyonchxandagi tashrifi davomida KXDR yetakchisi Kim Chen Inga shaxsiy og‘zaki xabarini yetkazishga erishgan. Bu haqda Yaponiya hukumati rahbari 21-fevral kuni ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Bosh vazir “Komeyto” partiyasi boshqaruv koalitsiyasiga kiruvchi Natsuo Yamaguti bilan suhbatida Pxyonchxanda KXDR delegatsiyasi rahbari, mamlakat parlamenti Oliy xalq majlisi raisi Kim Yon Nam bilan uchrashuvi tafsilotlarini so‘zlab berdi.
“Undan Koreya Mehnat partiyasi raisi Kim Chen Inga Yaponiya fuqarolarini o‘g‘irlash muammosi, Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturiga nisbatan bizning munosabatimiz bo‘yicha mamlakatimiz pozitsiyasini shaxsan yetkazishni so‘radim”, — dedi Abe.
Izoh (0)