Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi Brodokalmak yo‘lida yuz bergan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
“2-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 07:45 da Chelyabinskdagi Brodokalmak yo‘lida Mitsubishi Lancer avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va xuddi shu markadagi avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Hozirda avtohalokat sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)