WSB musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbekistonlik bokschilar Hindiston mezbonlik qilayotgan Indian Open turnirida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgandi.
WSB turniri oldidan o‘zbekistonlik bokschilar uchun desert: Indian Open
O‘zbekiston boks federatsiyasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga chiqqan Mironshoh Ibragimov filippinlik Makodo Rameldan yengilgan. O‘zbekistonlik qolgan barcha charm qo‘lqop ustalari chorak finalda ringga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.- -49 kg: Mironshoh Ibrigamov — Makodo Ramel (Filippin)
- -52 kg: Xudoynazar Fayzov — Suguro Aldoms (Hindiston)
- -56 kg: Abdulxay Shorahmatov — Amorgang Agung (Hindiston)
- -60 kg: Sherbek Rahmatullayev — Singh Bunte (Hindiston)
- -64 kg: Iqbol Xoldorov — chorak final
- -69 kg: Bobousmon Boturov — Bonifatse Barnsli (Seyshel)
- -75 kg: Isroil Madrimov — Feroja Deno (Indoneziya)
- -91 kg: Sanjar Tursunov — chorak final
- +91 kg: Laziz Mullajonov — chorak final
- +91 kg: Bahodir Jalolov — chorak final
O‘zbekiston boks federatsiyasi musobaqaga -81 kg vaznli sportchini jo‘natmagan. Uning o‘rnida ikki nafar +91 kg bokschi bor. Maqsad — Bahodir Jalolovga yaxshi o‘rinbosar tayyorlash. Shundan kelib chiqib, bu vazn toifasida ikki o‘zbekistonlik o‘zaro to‘qnash kelib qolishi ham mumkin.
Izoh (0)