Toshkentda 22 yoshli yigit 32 ming dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Shayxontohur tuman IIBga ko‘ra, 1994-yili tug‘ilgan yigit boshqa bir fuqaro, 1993-yili tug‘ilgan yigitning ishonchiga kirib, unga BAAdan, aynan Dubaydan BMW rusumli avtomobil olib kelib berishni va’da qilgan. U avans tariqasida 32 ming dollar olgan, ammo bu pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan JKning 168-4 moddasi “a” bandi bo‘yicha (firibgarlik) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)