Nukus shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuvi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Prezident uchrashuvda asosiy diqqat-e’tibor va sa’y-harakatlar hududlar va tarmoqlarni izchil rivojlantirish, aholining hayotiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ular uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilishi zarurligini ta’kidladi.
“Eng muhimi, men bu gapni qayta-qayta aytishdan charchamayman, amalga oshirayotgan ishlarimizning natijasini fuqarolarimiz amalda, o‘zlarining kundalik hayotida albatta sezishi kerak. Nega deganda, odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashni istaydi va bunday istak tabiiy, albatta”, — dedi davlat rahbari.
Izoh (0)