Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Takoma shahrida yashovchi erkak o‘g’rini portlovchi qopqon bilan qo‘rqitdi va ularning qochishini videoga oldi. Bu haqda Daily Mirror xabar berdi.

Jayrim Barrou yog‘och quti, patron va baliq ovi qarmog‘idan soxta jo‘natma qutisini yasagan va uni uyining oldida qoldirgan. Kuzatuv kameralari voqealarni tasvirga olgan. O‘g‘ri uyning oldiga kelib, qutini ko‘tarishga harakat qilgan. Qarmoq tortilib, patron portlagan. Qattiq portlash ovozi o‘g‘rini qo‘rqitgan va u shoshilgancha orqaga qochgan.

Barrou doimiy ravishda uyi oldidagi jo‘natmalar yo‘qolayotgani sababli qopqonni o‘ylab topgan. So‘nggi marta u buyurtma qilgan avtomobilning qimmat ehtiyot qismlari yo‘qolgan. Biroq, kameralar o‘g‘rini tasvirga olgan va bu o‘g‘irlangan buyumlarni qaytarishga yordam bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada ayol o‘zini IIB binosi oldida yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Dunyo
Amerikaliklar “Qora juma”da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)