Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Berlingtonning 100 yoshli fuqarosi (Vermont, AQSh) Entoni Pomerli shahar aholisi uchun Rojdestvo oldi bayramini tashkillashtirdi. 450 ga yaqin odam qatnashgan bayramda barcha yeguliklar tekin bo‘ldi (Entoni bunga 13 ming dollar sarfladi). Bu haqda Time’ga tayanib, Forum Daily xabar berdi.

Foto: Vermontbiz

Foto: Vermontbiz

Erkak bu kabi tadbirni 37 yildan buyon har yili tashkillashtirib keladi. U boshqa o‘ziga nisbatan omadi kamroq chopgan odamlarga bayram tashkillashtirish uchun pullarini sarflashdan qochmasligini tan oldi. Bu kabi g‘oyaga uni qiyin kechgan bolaligi ilhomlantirgan.

37 yil oldin birinchi bayramni tashkillashtirishga Pomerliga hozirda amaldagi senator Berni Sanders yordam bergan, o‘sha vaqtlarda Sanders Berlington meri lavozimida ishlagan.

100 yoshli xayr-ehsonchining hisob-kitoblariga ko‘ra, 37 yil davomida o‘tkazgan bayram oqshomlarida qariyb 40 mingga yaqin muhtoj bolalar va kattalarning qornini to‘yg‘azgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg