10-dekabr, yakshanba kuni Chitada fleshmob bo‘lib o‘tdi, unda avtomobillar orqali ulkan archa “chizildi”. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
To‘liq kompozitsiyani yaratishga 2 soat vaqt sarflandi: archaning o‘zi salkam 150 avtomobildan tashkil topdi, uning ustidagi yulduz esa 11 ta YPX mashinasi yordamida “chizildi”. Fleshmobda Baykalorti avtomobil klublarining aksariyati ishtirok etdi.
Izoh (0)