Davomi: So‘ranbay Jeenbekov Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi; So‘ranbay Jeenbekov Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi
“Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, chegaraoldi hamkorlik masalalari, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan”, — deb yozadi O‘zA.
Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)