Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 25 yil” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” AJ xabar bermoqda.
Marka pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Unda O‘zbekiston Konstitutsiyasi kitobining ochiq holati tasvirlangan bo‘lib, blokning yuqori qismida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi—25 yil” va “1992 — 2017” yozuvlari joylashtirilgan.
Bir necha rangda ishlangan marka 5 ming nusxada chop etildi. Uning nominali 4000 so‘m etib belgilandi.
Izoh (0)