Instagram ijtimoiy tarmog‘ida xeshtegga obuna bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb xabar berdi TJournal.
Endilikda foydalanuvchilar odamlarga obuna bo‘lgandek xeshteglarni ham muntazam kuzatib borishlari mumkin: avvalo “qidirish” joyiga kerakli xeshtegni terish lozim, so‘ng uning ochilgan sahifasiga kirib, “obuna bo‘lish” tugmasi bosiladi. Unga obuna bo‘linganidan keyin, foydalanuvchi sahifasida xeshtegga bog‘liq eng mashhur postlar paydo bo‘ladi.