LG kompaniyasi aksiyalari ishtirokchisiga aylaning va kafolatlangan sovg‘ani qo‘lga kiriting

Kir yuvish mashinasini xarid qilish haqida o‘ylab qoldingizu, biroq qanday qilib eng yaxshisini tanlashni bilmayapsizmi? LG Electronics kompaniyasi ishonchlilik, funksionallik va tejamkorlik kabi asosiy xususiyatlarga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi.

LG kir yuvish mashinalari eng yangi funksiyalari va kiyim-kechaklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston bozorida namoyish etilgan modellar orasida siz aynan o‘zingizga to‘g‘ri keladiganini tanlab olishingiz mumkin. Tanlov qamrovi keng: 5 va 17 (!) kilogramm yuklovli mashinalar, Slim-standart o‘lchovlari esa mashinani hatto kichik inshootlarga joylash imkonini beradi.

LG’ning barcha kir yuvish mashinalari Direct Drive’li ishonchli motor bilan jihozlangan, kompaniya unga 10 yillik kafolat taqdim etadi. Mashinalar funksionalligi turlicha, lekin barcha modellarda “6 g‘amxo‘rlik harakati” texnologiyasi mavjud. Texnologiya mohiyati kir yuvish mashinasining kuchi, xarakteri, tezligi va baraban harakatlari yo‘nalishining xilma-xilligidadir. Bu rejimlar har bir mato turiga mos keluvchi optimal baraban harakatini saralash va shu tariqa kir yuvish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Kir yuvishning bug‘li TrueSteam noyob funksiyasi hatto eng murakkab dog‘larni ham yo‘q qilishga yordam beradi, TurboWash tezkor kir yuvish funksiyasi esa nafaqat vaqtni, balki elektr energiyasini ham tejaydi. Uyingiz uchun kir yuvuvchi yordamchini xarid qilar ekansiz, siz qo‘shimcha sovg‘alar egasiga aylanishingiz mumkin.

Masalan, 2017-yilning 25-noyabridan 25-dekabrigacha LG kir yuvish mashinasini xarid qilib, kafolatli sovg‘a — zamonaviy varaqli kir yuvish vositasiga ega bo‘lasiz. Varaq ko‘rinishidagi kir yuvish vositasi dunyoning millionlab bekalari qalbidan joy olishga ulgurdi. U xavfsiz, tejamli va samarali, biz kundalikda foydalanish uchun xarid qiladigan mahsulotlarimizdan aynan shu sifatlarni izlaymiz. Innovatsion shakl foydalanishda juda qulay – bir varaq ham kir yuvish kukuni, ham konditsioner, ham oqartiruvchining o‘rnini bosadi. Noyob formula tufayli varaqli kir yuvish vositasi hatto sovuq suvda ham eng murakkab kirlarni ketkazishning uddasidan chiqadi.

Aksiya Toshkent shahri hududida quyidagi uch sotuv punktida o‘tkaziladi:

  1. “Fleshka” (sobiq “Malika”) savdo markazi / barcha maishiy va elektron texnika do‘konlarida; LG Electronics avtorizatsiyalashgan servis markazida (Kichik xalqa yo‘li, 57, Mercato savdo markazi) ro‘yxatdan o‘tish;
  2. “Abu Saxiy” savdo markazi/ barcha maishiy va elektron texnika do‘konlari (R70 do‘konidan tashqari);
  3. LG firma do‘koni, Next savdo-ko‘ngilochar markazi, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 6;
  4. MediaPark do‘konlar tarmog‘i (1.Shayxontohur tumani Qoratosh, 11A; 2.Bektemir tumani Ohangaron shossesi, 2; 3. Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasi, 110; 4. Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 105A).

LG kir yuvish mashinasini xarid qilishda uning seriya raqami O‘zbekiston rasmiy hududiga mansub ekanligiga ishonch hosil qiling.

Aksiya haqidagi batafsil ma’lumot va unda qatnashish qoidalari haqida www.lgblog.uz saytida yoki 0 800 120-22-22 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin (O‘zbekistonning barcha mintaqalaridan qo‘ng‘iroq bepul).

Reklama huquqi asosida