YouTube 2017-yili dunyoda eng ommalashgan musiqali videolarni ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Luis Fonsi. Foto: Reuters

Luis Fonsining vokalchi Deddi Yanki ishtirokidagi Despacito qo‘shig‘iga ishlangan klip birinchi o‘rinni egalladi. Puerto-rikolik xonandalar klipi nafaqat 2017-yili, balki YouTube faoliyatidagi eng ommalashgan video bo‘ldi: u 4,4 milliard marotaba ko‘rildi.

Ikkinchi o‘rinni britaniyalik ijrochi Ed Shiranning Shape of You taronasiga olingan video band etdi (2,8 milliard).

Jey Balvin va Uilli Uilyamsning Mi Gente klipi uchinchi o‘rinda qayd etildi (1,3 milliard).