Nyu-Yorkda terakt uyushtirishda ayblanayotgan Sayfullo Soipov sudda o‘z aybini tan olmadi. Bu haqda Nyu-York janubiy okrugi prokuraturasi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AP

28-noyabr, seshanba kuni 29 yoshli Soipovga Nyu-York federal sudida rasman ayblov e’lon qilindi.

“U aybini tan olmadi”, — dedi prokuratura vakili.

Sudning Soipov ishtirokidagi kelgusi yig‘ilishi 2018-yil 23-yanvarga rejalashtirilgan.

Bir hafta avval Soipovga 22 banddan iborat ayblov xulosasi chiqarilgandi. U 8 ta qotillik (hujum qurbonlari soni bo‘yicha), 12 ta o‘ldirishga urinish (jabrlanganlar soni), IShIDga ko‘mak, zo‘ravonlik va transport vositasini shikastlashda ayblanmoqda.

Ayblovning ikki moddasi bo‘yicha Soipov umrbod qamoq yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.