Harbiy xizmatchilarga qonunchilik talablari zarur bilimlar berish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkaziluvchi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Olingan ma’lumotlar shaxsiy tarkib orasida tahlil qilinib, joylarda ishni tashkil etishda eng avvalo qonun ustuvorligini ta’minlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish orqali huquqbuzarliklarning oldi olinishiga xizmat qilmoqda.

Mudofaa vazirligi va Toshkent harbiy okrugi harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirokida Qurolli Kuchlar davlat muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbir ham harbiy xizmatchilar huquqiy madaniyatini oshirish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda ularning samaradorligini yanada yuksaltirishga qaratildi.

Suhbat so‘ngida “Birni ko‘rib fikr qil...” nomli hujjatli film namoyish etilib, tadbir ishtirokchilarining mavzu yuzasidan mulohazalari tinglandi.