• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shartnomalar xo‘jako‘rsingami?

    Kasb-hunar kollejlarini navbatdagi bitiruvchilar tark etib, ishga joylashish bosqichiga yo‘l olganiga ko‘p vaqt o‘tmadi. Buxoro viloyatida 2016—2017-o‘quv yilida 26 166 nafar o‘quvchi, ulardan 12 640 nafar qiz o‘qishni yakunladi. Ko‘pchilik o‘quv muassasasi, bitiruvchi, ish beruvchi va hokimiyat o‘rtasidagi to‘rt tomonlama shartnoma doirasida viloyat korxona, tashkilot va muassasalarida o‘z ish faoliyatini boshladi. Davlat tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanib, biznes g‘oyasini amalga oshirishga kirishganlar ham bir talay, deb yozadi “Pravda Vostoka”.

    Foto: “Russkiy startap”

    Foto: “Russkiy startap”

    Rayhon Rasulova Jondor qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejini tugatdi. Uzoq o‘ylanmasdan, o‘z ishini boshlashga qaror qildi. Biznes-reja tayyorlab, uni “Ipoteka” bankning viloyat filialiga taqdim qildi. Loyiha qo‘llab-quvvatlanib, yosh tadbirkorga 26 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit ajratildi. U bu mablag‘lar hisobidan zamonaviy tikuv mashinalarini xarid qilib, tayyor mahsulot chiqarish bo‘yicha sex ochdi. Kollej bitiruvchilaridan ikki qizni ishga oldi. Mahsulotlari qisqa vaqt ichida o‘z xaridorini topdi. Rayhon mahsulotlari assortimentini 20 tagacha yetkazish, yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirmoqda.

    Kasb-hunar kollejining yana bir bitiruvchisi Jahongir Narzullayev baliqchilik bilan shug‘ullanishga qaror qildi. “Narzullo Nodir iftixori” MChJ tashkil qilib, baliqchilik xo‘jaligiga asos soldi, ikki nafar tengdoshini ish bilan ta’minladi. 60 million so‘mlik bank krediti istiqbolli biznes-loyihani amalga oshirishga yordam berdi.

    Hududning yosh tadbirkorlari sanoat, milliy hunarmandchilik, shuningdek, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va agrar sohaning boshqa ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga dadillik bilan kirishmoqda.

    “Mening biznes-g‘oyam” tanlovining yakuniy bosqichi natijalariga ko‘ra, joriy yilda hududning yetti nafar tadbirkori g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Eng yaxshi deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun tantanali ravishda sertifikatlar topshirilganlar orasida Kogondan Nazira Karimova va Marjona Xayriddinova, G‘ijduvondan Dilnoza Valiyeva va Farmon Istamova, Vobkent tumanidan Fotima Ergasheva ham bor. Biroq yosh tadbirkorlar hozirga qadar shaxsiy biznesini boshlay olgani yo‘q.

    “Ancha vaqt o‘tdi. Biroq qizim hamon va’da qilingan 20 million so‘m miqdoridagi imtiyozli mikrokreditni olmadi, — deydi M.Xayriddinovaning onasi Munira opa. — ‘Qishloq qurilish bank’iga bir necha marta murojaat qildik, biroq bizga bajara olmaydigan shartlar qo‘yilayapti”.

    Yoshlar orasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istovchilar tobora ko‘paymoqda. Buxoro neft va gaz sanoati kollejida 45 nafar bitiruvchi biznes ochish uchun imtiyozli kredit olishga ariza bergan, bank-iqtisodiyotda — 32, turizm kollejida — 52 ...

    “Anchadan buyon o‘z biznesimni tashkil etish haqida o‘ylayman, — deydi Qorako‘l tibbiyot kolleji bitiruvchilaridan biri Salomat Xo‘janiyozova. — Biroq boshlang‘ich mablag‘ zarur. Shuning uchun barcha hujjatlarni tayyorlab, imtiyozli kredit olish uchun bankka murojaat qildim. Kredit ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur qurilmalarni xarid qilishga yordam berar edi. Biroq barcha murojaatlar natijasiz qolmoqda”.

    O‘quv muassasasi rahbari G.Rahimovaning fikricha, tibbiyot kolleji bitiruvchilarining ish topishi oson bo‘lmaganligi uchun vaziyat murakkablashadi. Bunday vaziyatda shaxsiy ish — bandlik bilan ta’minlash yo‘llaridan biri. Biroq “Agrobank” tuman bo‘linmasi rahbarlari buni tushunmayotgan ko‘rinadi.

    Nasim Choriyev “Mikrokreditbank” viloyat bo‘limiga uch yildan buyon qatnaydi. U 2015-yilda o‘z loyihasi bilan “Yosh tadbirkor — mamlakat tayanchi” tanlovining ko‘rik bosqichida ishtirok etgan edi. Uning ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash bo‘yicha loyihasi eng yuqori bahoga, g‘olib esa 65 million so‘mlik imtiyozli kredit olish uchun maxsus sertifikatga loyiq deb topildi. Biroq bank xodimlari turli yo‘riqnomalarni asos qilib, mablag‘ ajratishni rad qilmoqda.

    Yoshlar biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bu kabi vaziyatlar viloyatning ko‘plab shahar va tumanlarida yuzaga kelgan. Viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini ikki mingga yaqin bitiruvchi bildirgan. Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida ulardan ming nafaridan ortig‘iga 18,9 milliard so‘m, jumladan, 2016—2017-o‘quv yilining 312 bitiruvchisiga 3,6 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. Moliyalashtirishning bunday sur’at va hajmida ish bilan band yoshlar soni qisqarish o‘rniga oshib boradi.

    2015—2016-o‘quv yilida 27 066 kollej bitiruvchisidan 22 777, jumladan 7 768 nafar qiz ishga joylashgan. Bu bitiruvchilar umumiy sonining 71,2 foizini tashkil etadi. 494 nafar bitiruvchi biznes yo‘nalishidan ketgan, ulardan 241 nafari qizlar. 2016—2017-o‘quv yilining 26 mingdan ortiq bitiruvchisidan atigi 17 587 nafari yoki 67,2 foizi ish bilan ta’minlangan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Buxoro pedagogik kolleji yetakchilik qilmoqda. 2015—2016-o‘quv yilida uni 724 kishi tamomlagan bo‘lsa, ulardan 116 nafari ish bilan ta’minlangan. Faqat viloyat markazi bo‘yicha ish bilan band bo‘lmagan bitiruvchilar deyarli 800 kishi, jumladan, 430 nafar qizni tashkil etdi.

    Shu munosabat bilan haqli savol paydo bo‘ladi: to‘rt tomonlama shartnomalar shartlari qay darajada bajarilayapti? Nega bitiruvchilar ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan korxona va tashkilotlarga biriktirilmayapti?

    “Joriy yilda Buxoro madaniyat kollejining arxiv ishi yo‘nalishini bitirdim, — deydi Zebo Rahmonova. — To‘rt tomonlama shartnoma doirasida shahar arxivida amaliyot o‘tadim. Shu muassasada mehnat faoliyatimni boshlashni istagandim. Biroq menga bo‘sh joy yo‘qligi ma’lum qilindi, endi esa ishlab chiqarish korxonalaridan biriga to‘quvchi bo‘lib ishga joylashishni taklif qilishmoqda. Shuning uchun tanlagan mutaxassisligim bo‘yicha ish qidirishni davom ettirayapman”.

    To‘rt tomonlama shartnomalar ba’zan faqat xo‘jako‘rsinga imzolanayotgandek taassurot yuzaga kelmoqda. Ularni imzolay turib ba’zi korxona va tashkilotlar rahbarlari yosh insonning keyingi hayoti, uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi shunga bog‘liq ekanligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi.

    Yangi avlod bandligini ta’minlash, jumladan, ularning biznes-g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bugunning muhim vazifalaridan biridir. Davlat tashkilotlari, butun jamiyatning harakatlari shunga qaratilgan. Bank va boshqa muassasalar ham bunga o‘z ulushini qo‘shishi lozim. Biroq mehnat bilan bandlik masalasi ko‘pchilik uchun hamon ochiqligicha qolmoqda. Axir bu masalaning haqiqiy yechimi yoshlarning ertangi kunga ishonchini mustahkamlaydi.

    30.10.2017, 14:14   Izoh (0)   14632
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi. Avvalgi hokim paxta hosiliga qo‘shib yozishga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olindi

    30.10.2017, 12:39

    2020-yilgacha Moskvada Islom Karimov xotirasi uchun yodgorlik qad ko‘taradi

    30.10.2017, 12:26

    G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    30.10.2017, 12:23

    Jizzax va Toshkent viloyati hokimlari ishdan olindi. Ular paxta hosiliga qo‘shib yozishda ayblandi

    30.10.2017, 12:09

    Samarqand viloyati hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi

    30.10.2017, 12:00

    Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonga tashrif buyuradi

    30.10.2017, 11:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aholining uchdan bir qismi kamida bitta bank kreditiga ega

    O‘zbekiston | 3 iyul, 12:14

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Dunyo bo‘ylab har soatda yuz kishi yolg‘izlikdan vafot etmoqda — JSST

    Salomatlik | 3 iyul, 11:56

    “Manchester Siti” “Portu” darvozabonini sotib oladi

    Sport | 3 iyul, 11:55

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Saudiya Arabistoni Isroilga uchirilgan Eron dronlarini tutib olgan — OAV

    Dunyo | 3 iyul, 11:28

    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

    Reklama | 3 iyul, 10:30

    “O‘zgidromet” 4-iyulda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:15

    Zelenskiy AQSHdan qurol yetkazib berish cheklangach bayonot berdi

    Dunyo | 3 iyul, 11:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.