G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Avvalroq, 30-oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida tashkil etilgan videoselektorda shu vaqtgacha Toshkent viloyatiga hokimlik qilib kelgan Shukrullo Boboyev ishdan olingani ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga doir: Jizzax va Toshkent viloyati hokimlari ishdan olindi. Ular paxta hosiliga qo‘shib yozishda ayblandi
G‘ulomjon Ibragimov shu vaqtgacha O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
G‘ulomjon Ibragimov 1958-yil Toshkent viloyatining Piskent tumanida tavallud topgan. U 1980-yilda Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)ni, 2003-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida Olmaliq kimyo zavodida mehnat qilgan, 2004—2010-yillarda “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2010-yildan beri O‘zbekiston hukumati tarkibida bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga doir: Toshkent viloyatining barcha hokimlari — bitta suratda
Izoh (0)