Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xon-Sheyxun shahrida uyushtirilgan kimyoviy hujum uchun Suriya rasmiylariga javobgarlikni yuklagan komissiya professionalligi va xolisligiga ishonchi komil. Bu haqda BMT va Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotining yangi hisobotiga izoh bergan bosh kotib rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Haq ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Bosh kotib komissiyaning professionalligi va xolisligiga to‘liq ishonadi. Komissiya rahbariyati va xodimlariga mashaqqatli mehnat va jonbozlik uchun minnatdorlik bildiradi”, — dedi Farxan Haq.

Rasmiy vakil o‘rinbosariga ko‘ra, Guterrish Suriyada kimyoviy hujumlarni o‘rganishni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga ham minnatdorlik bildiradi. Shuningdek, komissiya hisoboti Xavfsizlik kengashida muhokama etilishini kutmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)