Yevropa Chempionlar Ligasining dastlabki ikki turida zafar qucha olmagan Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” Sloveniyada yayradi.
APLning so‘nggi turida liverpullik futbolchilar “Joze Mourinyo avtobusi”ni yorib o‘ta olmagan va “Yunayted” bilan golsiz durang o‘ynagandi. Sloveniyada esa “mersisayd” klubi raqibi darvozasiga 7 ta javobsiz gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur g‘alaba musobaqaning shu mavsumidagi eng yirigi bo‘ldi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda ham yirik hisob qayd etildi. Rossiyaning amaldagi chempioni “Spartak” ham dastlabki ikki turda 2 ochko jamg‘argandi. Bu safar ular Ispaniya yetakchilaridan biri hisoblangan “Sevilya”ni 5:1 hisobida taslim qildi. Mazkur g‘alaba Rossiya klublari orasida Chempionlar Ligasidagi eng yorqini bo‘ldi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “E” guruhi. 3-tur 17-oktabr, seshanba
Izoh (0)