Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Margaritis Sxinas Maltada jurnalist Dafna Karuana Galitsiyaning halok bo‘lishi buyurtma qotillikka o‘xshashini ta’kidlab, surishtiruv o‘tkazishga va jinoyatchilarni jazolashga chaqirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” yozmoqda.

Dafna Karuana Galitsiya. Foto: Google Photos

Dafna Karuana Galitsiya. Foto: Google Photos

“Biz Maltada surishtiruvlarga ixtisoslashgan eng iste’dodli jurnalistlardan birining halok bo‘lishidan larzaga keldik. Noqulay savollar berish va gunohlarni ochish — jurnalistning asosiy vazifasi, bu Yevropa me’yorlari va qonunlari bilan himoyalangan bo‘lib, demokratiyaning asosiy qadriyatlarini aks ettiradi”, — dedi u Bryusselda o‘tkazilgan brifingda.

Jurnalist ayolning o‘limi haqida 16-oktabr kuni xabar berildi. U ijaraga olingan avtomobilda Malta shimolida ketayotganida YTH ro‘y berdi. Portlovchi uskuna mashina ichida bo‘lmay, masofadan portlatilgani taxmin qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova