Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Uchqo‘rg‘on tumanida “Fidoyi yoshlar” otryadlari a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi

Foto: Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi

Muloqot davomida viloyat hokimi tumanlardagi uyushmagan yoshlarni “Fidoyi yoshlar” otryadlari safiga qo‘shilish va paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etishga chaqirdi. Mavsumdagi rag‘batlantirish ishlari uchun 100 million so‘m ajratilishini ma’lum qildi.

Mazkur summa faol terimchilarni qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlab borish, shuningdek, mavsum davomida “Fidoyi yoshlar” otryadlari faoliyatini eng namunali tashkil etgan Yoshlar ittifoqi mahalliy kengashlari uchun xona jihozlari va kompyuter jamlanmalari xarid qilishga sarflanishi bildirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi