Microsoft va Facebook kompaniyalari Atlantika okeani tubidan Marea internet-kabelini o‘tkazdi. U eng baquvvat transatlantik kabel hisoblanadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Simning o‘tkazish quvvati 160 Tbit/sekundni tashkil etadi. Bu uydagi internetning o‘rtacha tezligidan 16 million barobar tezroqdir.
Yangi o‘ta tezkor internet-kabel Bilbao (Ispaniya) va Virginiya-Bichni (AQSh) birlashtirdi.
Kabel keyingi yil boshida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Tarmoq ikki qit’a orasidagi trafikning katta qismini o‘ziga oladi.
Internet-trafikning asosiy qismi hozir okeanlar ostidan o‘tadigan kabellar orqali uzatiladi. Bu kabellarning uzilishi mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning uzilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Jumladan, 2012-yili “Sendi” to‘foni ko‘pchilik kabellarni zararlagani uchun Shimoliy Amerika va Yevropa o‘rtasidagi internet aloqasi bir necha soat davomida uzilib qolgan edi.
Izoh (0)