Eng mashhur kriptovalyuta — bitkoin kursi shiddatli o‘sib, yangi rekord o‘rnatdi: 12-oktabr kuni u birinchi marta 5100 dollarlik ko‘rsatkichdan yuqoriladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sentabr oyining boshida bitkoin qisqa muddatga 5000 dollargacha ko‘tarilgan edi.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, bitkoin kursi 7,1 foizga o‘sib, 5170 dollarni tashkil etgan.
Xitoy hukumati kriptovalyutalarga o‘rnatilgan cheklovlarni yumshatishi mumkinligi hamda Goldman Sachs bu segmentdagi savdo instrumentlarini o‘rganayotgani haqidagi xabarlar kriptovalyuta kursining o‘sishiga olib keldi.