Taniqli davolovchi va ekstrasens Allan Chumak 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Dmitriy Gordon ma’lum qildi, deya xabar beradi “Novaya gazeta”.
“Moskvada davolovchi, yozuvchi, faylasuf va ajoyib inson Allan Chumak 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Biz u bilan 27 mobaynida do‘st bo‘lib kelgandik”, — deya yozuv qoldirdi Gordon Facebook’dagi sahifasida.
Mazkur ma’lumotni Chumakning rafiqasi Lyudmila ham tasdiqladi, biroq o‘lim sabablarini ma’lum qilishdan bosh tortdi.
O‘tgan asrning 80-yillari oxirida Allan Chumak Sovet Ittifoqining eng mashhur davolovchilaridan biri edi. U televideniyedagi seanslari davomida suv, krem va malhamlarga “shifo ato etuvchi quvvat” yuqtirishga uringandi.
Izoh (0)