Shveysariya politsiyasi ikki Tunis fuqarosini ushladi. Ular oktabr oyida Marsel vokzalida uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Ikkisi ham 9-oktabr kuni Shveysariya va Italiya chegarasida ushlandi. Gumondorlar Shveysariya hududida qochqin maqomini olmoqchi edi.1-oktabr kuni 29 yoshli tunislik Ahmad Xanachi Marseldagi Sen-Sharl vokzalida o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Jinoyatchi huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘ldirildi.
Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.