Yadroviy urush inson omili yoki raketa hujumidan ogohlantirish tizimidagi buzilish tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu haqda yadroviy fojiani bartaraf etish bo‘yicha Xalqaro Lyuksemburg forumi chog‘ida AQShning sobiq mudofaa vaziri Uilyam Perri ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Hozirgi dunyoda yadroviy fojia xavfi bir necha marotaba oshmoqda. Yadroviy ixtilof keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablardan biri — inson xatosi yoki raketa hujumidan ogohlantirish tizimidagi buzulish. Bunday tizimlar AQSh va Rossiyada bor”, — dedi u.
Perrining so‘zlariga ko‘ra, sovuq urush yillarida bunday voqealar uch marta ro‘y bergan, lekin har safar fojianing oldi olingan.
Izoh (0)